locale OZ

Robert Uittaker Bogdan Guskovning eng xavfli jihatini aytdi

Avstraliyalik jangchi Guskovning zarba kuchi va jismoniy ustunligi jiddiy xavf tug‘dirishini tan oldi.
Boshqa sport turlari
Robert Uittaker Bogdan Guskovning eng xavfli jihatini aytdi
Foto: Getty Images

UFCning sobiq chempioni Robert Uittaker o‘zbekistonlik Bogdan Guskovga qarshi bo‘lajak jangidan oldin raqibining kuchli tomonlari haqida fikr bildirdi. Avstraliyalik jangchi Guskovning zarba kuchi va jismoniy ustunligi jiddiy xavf tug‘dirishini tan oldi. Bu haqda MMA Junkie nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Uittaker 6-fevral kuni Avstraliyaning Sidney shahrida bo‘lib o‘tadigan UFC Fight Night turnirida Guskov bilan to‘qnash keladi. Sobiq chempion o‘zbekistonlik jangchini baland bo‘yli, qo‘llari uzun va kuchli zarbalarga ega raqib sifatida ta’riflagan. U yarim og‘ir vazndagi bunday jangchilardan zarba qabul qilish juda xavfli ekanini ta’kidlagan.

Uittakerning aytishicha, UFC dastlab unga boshqa raqiblarni ham taklif qilgan, biroq turli sabablarga ko‘ra kelishuvga erishilmagan. Yakunda Guskov jangga rozilik bildirgan. Avstraliyalik sportchi o‘zbekistonlik raqibining ushbu qarorini hurmat qilishini bildirib, muxlislarni qiziqarli to‘qnashuv kutayotganini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, Robert Uittaker professional MMA faoliyatida 27 ta g‘alaba va 9 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Bogdan Guskov hisobida esa 18 ta g‘alaba, 4 ta mag‘lubiyat va 1 ta durang bor. Ularning bellashuvi Sidneyda o‘tadigan turnirning ikkinchi asosiy jangi sifatida belgilangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting