locale OZ

Ispaniya hakamlar qo‘mitasi VAR tizimidagi texnik xatoni tan oldi

Mazkur xatolik uchrashuv davomida belgilangan penalti qaroriga ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin.
Futbol
Ispaniya hakamlar qo‘mitasi VAR tizimidagi texnik xatoni tan oldi
Foto: Getty Images

Ispaniya futbol federatsiyasi hakamlar qo‘mitasi “Atletik Bilbao” va “Real Sosyedad” o‘rtasidagi uchrashuvda VAR texnologiyasi bilan bog‘liq texnik nosozlik yuz berganini tasdiqladi. Mazkur xatolik uchrashuv davomida belgilangan penalti qaroriga ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Ispaniya futbol federatsiyasi (RFEF) rasmiy sayti xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, bahs davomida “Atletik Bilbao” futbolchisi Niko Uilyams ishtirokidagi vaziyat uchun penalti belgilangan. VAR hakamlari to‘p ichiga o‘rnatilgan sensor ma’lumotlari asosida qarorni tekshirgan. Biroq uchrashuvdan keyingi tahlillar sensor signallari bilan videotasvirlar o‘rtasida kichik nomuvofiqlik bo‘lganini ko‘rsatgan.

Texnologiya ishlab chiqaruvchisi Kinexon tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda signal va tasvir o‘rtasida 20–40 millisekundlik farq aniqlangan. Natijada “Real Sosyedad” himoyachisi Jon Aramburuning to‘pga tegishi dastlab noto‘g‘ri talqin qilingan bo‘lishi mumkin. Qayta sinxronlashtirilgan tasvirlar esa penalti belgilash haqidagi qaror xato bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatgan.

Ma’lumot uchun, Ispaniya futbol federatsiyasi xatolik to‘p sensorining o‘zida emas, balki uning ma’lumotlarini VAR videotasvirlari bilan moslashtirish jarayonida yuz berganini ta’kidlagan. Federatsiya uchrashuv vaqtida hakamlar ixtiyorida mavjud ma’lumotlar asosida qaror qabul qilinganini bildirgan. Endilikda shunga o‘xshash holatlarning oldini olish uchun texnologiyadan foydalanish tartibini takomillashtirish rejalashtirilmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting