Toshkent mezbonlik qiladigan yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga oz fursat qolmoqda
19-22 noyabr kunlari Toshkent shahri tarixda ilk bor dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.
Boshqa sport turlari
photo: Dzyudo Uzbekistan
Toshkent mezbonlik qiladigan yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga oz fursat qolmoqda
Ma’lumki, 19-22 noyabr kunlari Toshkent shahri tarixda ilk bor dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.
Hozirgacha dunyoning 80 davlatidan jami 573 (305 o‘smir, 268 qiz) nafar dzyudochi O‘zbekistonga kelishini rasman tasdiqlagan. To‘rt kun davomida sayyoramizning eng yaxshi yosh dzyudochilari belgilangan vazn toifalarida medallar uchun bahs olib boradi.
Toshkentda yangi nomlar kashf bo‘ladi, xarakterlar chiniqadi va bo‘lajak chempionlarning tarixi boshlanadi. Har bir dzyudochining tatamiga chiqishi - bu orzu sari qadam tashlashi bo‘ladi.
Toshkent-2026 - kurashlar, g‘alabalar davri bo‘ladi.