locale OZ

“Xorazm” - “Dinamo” o'rtasidagi bahs Jizzaxda bo'lib o'tadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Xorazm” - “Dinamo” o'rtasidagi bahs Jizzaxda bo'lib o'tadi
FOTO: UZPFL
O‘zbekiston Superligasi
15.06.2025, Yak.
Xorazm
1
Dinamo Samarqand
2

O'zbekiston Superligasining 12-turidan o'rin olgan “Xorazm” - “Dinamo” o'yini Jizzaxda bo'lib o'tadi. Bu haqda O'zPFL matbuot xizmati xabar berdi.

“Xorazm” Superligaga qaytgan joriy mavsumidagi 6 ta uy uchrashuvini boshqa shaharlarda o'tkazishiga to'g'ri keldi. Jumladan, klub ikki uy uchrashuvini raqiblarining Toshkentdagi “Do'stlik” stadionida va yana shunchasini Jizzaxdagi “So'g'diyona” stadionida qabul qildi.

OKMK hamda “Bunyodkor” klublariga qarshi uy o'yinlari esa raqibi maydonida bo'lib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, “Xorazm” - “Dinamo” o'rtasidagi bahs 15-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting