Vadim Abramov: \"“Validol”li o‘yin bo‘ldi\"
PHOTO: Telegram
O‘zbekiston Superligasi
15.06.2025, Yak.
Xorazm
1
Dinamo Samarqand
2
Superliga 12-turi doirasidagi “Xorazm” - “Dinamo” (1:2) uchrashuvidan keyin samarqandliklar bosh murabbiyi Vadim Abramov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
“Kutganimdek o‘yin ancha qiyin o‘tdi. ”Xorazm" Hakim Fuzaylov misolida tajribali murabbiy va yaxshi shakllangan tarkibga ega. Raqibni tahlil qilgandik, ular avvalgi o‘yinlarni so‘nggi daqiqalarda boy bergandi. Qolaversa, “Xorazm” tarkibida o‘tgan mavsumlarda “Dinamo”da o‘ynagan futbolchilar talaygina edi. “Validol”li o‘yin bo‘ldi. Muxlislarga rahmat, biz bugun safarda emas, Samarqand o‘ynagandek bo‘ldik", - dedi Vadim Abramov o‘yindan keyin.
Ibrohim Jalolov
Redaktor