U17 JCH. O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi Italiyaga mag‘lub bo‘ldi
Qatar maydonlarida U17 jahon chempionatining guruh bosqichi 3-tur bahslari davom etmoqda. Sergey Chigodayev boshqaruvidagi O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi Italiyaga qarshi maydonga tushdi. Unda yevropaliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘smirlar jamoasi safidagi yagona gol Suhrob Sadirjonov hisobiga yozildi.
Bu natijadan so‘ng Italiya ochkolari sonini 9 taga yetkazib, Ye guruhini peshqadam sifatida yakunladi. Kot-d'Ivuar Yamaykandan ustun kelib, 2-o‘rinni egalladi. Chigadoyev boshqaruvidagi o‘smirlar jamoasi 3 ochko bilan 3-o‘rindan joy olib, pley-offda ishtirok etish huquqini saqlab qoldi.
JCH U17. 3-tur
O‘zbekiston — Italiya 1:3
Gollar: Sadirjonov 75 – Kasagrande 7, Krochi 31 penalti, Korigliano 45+2
O‘zbekiston: Shomurodov, Rahimov (O‘ktamov, 73), Ro‘ziboyev, Erkinov, Ravshanov, Aliyev, Murodov (Tohirov, 46), Sadirjonov (Orifxonov, 80), Anvarov, O‘ktamboyev, Abduraimov (Ravshanbekov, 46).
Ogohlantirishlar: Anvarov 35, Aliyev 37, Rahimov 53, Tohirov 77.