U-17 JCH. O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi turnirning ilk bahsida Kot-d'Ivuarga mag‘lub bo‘ldi
Qatar poytaxti Doha shahrida o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati 1-tur uchrashuvlari davom etmoqda. O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi turnirdagi ilk bellashuvini Kot-d'Ivuarga qarshi bellashdi. Unda Afrika vakilari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘smirlar jamoasi safida yagona gol Muhammad Hakimov hisobiga yozildi.
Ma’lumot uchun, Sergey Chigodayev jamoasi 23 noyabr kuni turnirning 2-turida Yamaykaga qarshi o‘ynaydi. Guruhning yana bir o‘yinida Italiya Yamaykani 6:0 hisobida mag‘lub etdi.
U-17 JCH. 1-tur
Kot-d'Ivuar — O‘ZBЕKISTON 2:1
Gollar: Yao 7, Diarrassuba 88 – Muhammad Hakimov 51.
O‘zbekiston — Olimjon Shomurodov, Jahongirmirzo O‘ktamboyev (Adis Abdunabiyev 46, Muhammadaziz Ro‘ziboyev 83), Mirjamol Anvarov, Muhammad Hakimov, Abubakir Rahimov, Mirkomilbek Murodov (Muhammadjon Mamatov 74), Islom Ravshanov, Ahrorbek Ravshanbekov (Habibulloh Toxirov 70), Amirxon Erkinov, Suhrob Sadirjonov (Laziz Abduraimov 46), Asilbek Aliyev.