Suares: «Messi va Neymar bilan o‘rtamizda egoistlik yo‘q edi, bir-birimizga yordamlashardik»
Urugvaylik forvard «Barsa»dagi afsonaviy hujum triosining kuchi haqida gapirdi.
Futbol
photo: gettyimages
«Barselona»ning sobiq hujumchisi, hozirda «Inter Mayami»da to‘p tepayotgan Luis Suares Lionel Messi va Neymar bilan birgalikda hujum uchligida o‘ynagan davrlari haqida fikr bildirdi.
«Messi, Neymar va mening o‘rtamizda hech qanday egoistlik yo‘q edi. Biz bir-birimizni tushunardik va o‘zaro yordam berardik. Kim gol urganining ahamiyati yo‘q edi. Jarima zarbalari va penaltilarni ham o‘zaro taqsimlardik. Ular menga «Oltin butsa»ni qo‘lga kiritishimda yordam berishdi.
Bu do‘stlik va birdamlikka boy ajoyib yillar edi. Aynan shu munosabatlar bizni yanada kuchli qildi», — deya Suaresning so‘zlarini keltiradi Catalunya Radio.