Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) Kengashi 2026–2028-yillar davomida faoliyat yuritadigan Shaxmatchilar komissiyasining yangi tarkibini tasdiqladi
FIDE rasmiy sayti xabariga ko‘ra, komissiya tarkibidan 7 nafar shaxmatchi joy oldi.
Boshqa sport turlari
photo: Chess Uzbekistan
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) Kengashi 2026–2028-yillar davomida faoliyat yuritadigan Shaxmatchilar komissiyasining yangi tarkibini tasdiqladi.
FIDE rasmiy sayti xabariga ko‘ra, komissiya tarkibidan 7 nafar shaxmatchi joy oldi:
Levon Aronian — AQSH;
Hans Moke Niyemann — AQSH;
Irina Krush — AQSH;
Maxime Vachiyer-Lagrave — Fransiya;
Batkhuyag Munguntuul — Mongoliya;
Omar Noaman — Birlashgan Arab Amirliklari;
Tran Thanh Tu — Yaponiya.
Yangi tarkib 2026–2028-yillar davomida faoliyat olib boradi. Komissiya raisi uning a’zolari tomonidan saylanadi. Shuningdek, kelgusida komissiya tarkibini kengaytirish imkoniyati ham saqlab qolingan.