locale OZ

ATP FINALS–2026: Zverev muddatidan avval yarimfinal yo'llanmasini qo'lga kiritdi

Turinning (Italiya) mezbonligida o‘tayotgan tennis bo‘yicha yilning yakuniy musobaqasi — ATP Finals–2026 bahslarida guruh bosqichi davom etmoqda.
Tennis
ATP FINALS–2026: Zverev muddatidan avval yarimfinal yo'llanmasini qo'lga kiritdi
photo: gettyimages

Turinning (Italiya) mezbonligida o‘tayotgan tennis bo‘yicha yilning yakuniy musobaqasi — ATP Finals–2026 bahslarida guruh bosqichi davom etmoqda.

17-noyabr kuni Jon Makkinroy guruhida ikkinchi tur uchrashuvlari o‘tkazildi.

Artur Fis ispaniyalik Rafael Xodar ustidan 4:6, 6:2, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi. Dunyo reytingining 7-pog‘onasida borayotgan fransiyalik tennischi dastlabki setdagi mag‘lubiyatdan so‘ng o‘yinni o‘z foydasiga hal qila oldi.

Aleksandr Zverev esa amerikalik Ben Sheltonni 6:2, 7:6 (7:4) hisobida mag‘lub etdi. Dunyoning birinchi raketkasi uchun bu guruh bosqichidagi ketma-ket ikkinchi g‘alaba bo‘ldi.

Zverev ikki uchrashuvda ham g‘alaba qozonib, birorta set boy bermagan holda muddatidan avval yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Jon Makkinroy guruhida ikkinchi yarim final yo‘llanmasi uchun birdaniga uch nafar tennischi — Ben Shelton, Artur Fis va Rafael Xodar kurash olib boradi.

Qizig‘i, ikki uchrashuvda mag‘lubiyatga uchraganiga qaramay, yosh ispaniyalik Rafael Xodar hamon pley-offga chiqish imkoniyatini saqlab qolmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting