U13 yosh toifasidagi sportchilar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi g‘olib va sovrindorlari aniqlandi
U13 yosh toifasidagi sportchilar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.
Surxondaryo viloyatida suv polosi bo‘yicha U13 yosh toifasidagi sportchilar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi yakunlandi. Musobaqada 10 ta jamoa ishtirok etib, uch kunlik o‘yin yakunlariga ko‘ra erkaklar va ayollar o‘rtasidagi turnirlarda eng kuchlilar aniqlandi.
Uchinchi o‘yin kunining natijalari:
Erkaklar turniri
Farg‘ona viloyati - Jizzax viloyati SSTISM 2-7
Surxondaryo viloyati - Namangan viloyati 2-15
Sirdaryo viloyati - Jizzax viloyati 1-13.
Ayollar turniri:
Surxondaryo viloyati - Surxondaryo viloyati SSTISM 13-5
Sirdaryo viloyati - Uzbekistan Aquatics 0-11
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, erkaklar o‘rtasidagi turnirda Jizzax viloyati SSTISM O‘zbekiston kubogi sohibiga aylandi. Kumush medalni Jizzax viloyati, bronza medalni esa Namangan viloyati vakillari qo‘lga kiritdi.
Ayollar o‘rtasidagi turnirda Uzbekistan Aquatics jamoasi g‘olib bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni Surxondaryo viloyati, bronza medalni Sirdaryo viloyati vakillari qo‘lga kiritdi.
Yakunlar:
Ayollar turniri:
1. Uzbekistan Aquatics
2. Surxondaryo viloyati
3. Sirdaryo viloyati
4. Surxondaryo viloyati SSTISM
Erkaklar turniri:
1. Jizzax viloyati SSTISM;
2. Jizzax viloyati
3. Namangan viloyati
4. Farg‘ona viloyati
5. Surxondaryo viloyati
6. Sirdaryo viloyati