Hikaru Nakamura Magnus Karslenning qaroriga munosabar bildirdi
Amerikalik grossmeyster Hikaru Nakamura Total Chess musobaqasi doirasida Magnus Karlsenning Bibisara Assaubayeva bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan klassik partiyaga kelmaganligi yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi.
Nakamuraning ta’kidlashicha, musobaqa boshlanishidan avval barcha partiyalar xalqaro reyting hisobiga kiritilishi kelishib olingan.
Shuningdek, Bibisara Assaubayeva raqibiga texnik mag‘lubiyat qayd etilishidan oldin 15 daqiqa kutishga majbur bo‘lgan.
«Agar musobaqa shartlaridan norozi bo‘lsangiz, bu haqda turnir boshlanishidan oldin bildirishingiz kerak. Bunday xatti-harakat mutlaqo nomaqbul», — deya ta’kidlagan Nakamura.
Amerikalik grossmeyster mazkur holat Magnus Karlsenning obro‘siga, shuningdek, shahmat sportining xalqaro nufuziga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ham ta’kidlagan.