Karlsen: «Agar match tugagan bo‘lsa, demak, tugagan!»
Karlsen: «Agar match tugagan bo‘lsa, demak, tugagan!»
Magnus Karlsen nima sababdan Bibisara Asaubayevaga qarshi tezkor klassik partiyani o‘ynamaganini tushuntirdi.
Norvegiyaning TV2 telekanaliga bergan intervyusida u shunday dedi:
«Mening tushunishimcha, match allaqachon tugagan. O‘yinga kelmaslikning yagona oqibati — mutlaqo ahamiyatsiz partiyada mag‘lubiyatga uchrash.
Agar match tugagan bo‘lsa, demak, tugagan. Undan keyin o‘ynaladigan partiyalar reytingga ta’sir qilmasligi kerak. Har doim shunday bo‘lgan».
Karlsen bu borada o‘z qarorini qabul qilganini bildirdi.
Biroq vaziyatning yana bir muhim tomoni bor.
Magnus turnirning guruh bosqichida 10 ta tezkor klassik partiyadan birortasida g‘alaba qozona olmadi. Natijada uning jonli klassik reytingi 2800 chegarasiga yaqinlashib qoldi.
Bibisaraga qarshi partiyada durang yoki mag‘lubiyat ham uning reytingiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin edi.
Biroq Karlsen reytingini saqlashni o‘z qarorining sababi sifatida ochiq aytmadi.
Sizningcha, bu qaror sport nuqtayi nazaridan to‘g‘rimi?