locale OZ

Sho‘rtan murabbiylar shtabida o‘zgarish yuz berdi

Aliqulovning o‘rniga jamoamizga yaxshi tanish bo‘lgan tajribali mutaxassis Ixtiyor Karimov asosiy jamoaga bosh murabbiyi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi etib tayinlandi.
Sho‘rtan murabbiylar shtabida o‘zgarish yuz berdi
photo: Sho'rtan fk

Guzorning "Sho‘rtan" klubi murabbiylar shtabida o‘zgarish yuz berdi

"Ma’lumki, shu vaqtga qadar jamoamizga Asror Aliqulov bosh murabbiy sifatida rahbarlik qilib kelayotgan edi. Biroq ProLigadagi so‘nggi qoniqarsiz natijalardan so‘ng klub rahbariyati va Asror Aliqulov o‘zaro kelishuvga erishib, mutaxassis o‘z lavozimini tark etdi.

Uning o‘rniga jamoamizga yaxshi tanish bo‘lgan tajribali mutaxassis Ixtiyor Karimov asosiy jamoamiz bosh murabbiyi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi etib tayinlandi.

Ixtiyor Karimovga yangi vazifasida omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting