locale OZ

Ronaldu: «Tarixdagi eng universal futbolchiman»

Portugaliyalik hujumchi Messi, Pele va Maradonani yoqtiradiganlarni ham hurmat qilishini aytdi.
Ronaldu: «Tarixdagi eng universal futbolchiman»
photo: gettyimages
Osiyo Chempionlar Ligasi
12.10.2026, Yak.
Al Nassr
3
Neftchi Fargona
1

Ronaldu: «Tarixdagi eng universal futbolchiman»

Portugaliyalik hujumchi Messi, Pele va Maradonani yoqtiradiganlarni ham hurmat qilishini aytdi.

Portugaliya milliy jamoasi va Saudiya Arabistonining «An Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zini tarixdagi eng universal futbolchi deb hisoblashini ma’lum qildi.

«Agar kimdir Messi, Pele yoki Maradonaga ustunlik bersa, bu — shaxsiy did masalasi. Men buni hurmat qilaman.

Ammo Krishtianu Ronaldu universal futbolchi emas, deb aytish — bu yolg‘on. Men eng universal futbolchiman», — dedi Ronaldu CNN Portugal nashriga bergan intervyusida.

Avvalroq, 27 sentyabr kuni Norvegiyaga qarshi Millatlar ligasi bahsida Portugaliya bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduni qizish mashqlariga yuborib, so‘ng uni o‘yinga tushirmagandi.

30 sentyabr kuni hujumchi milliy jamoa ixtiyorini tark etdi. 6 oktyabr kuni esa futbolchi o‘z qarorining sabablarini bayon qilgan va Jorje Jezushni bergan va’dalarini buzganlikda ayblagan bayonotni e’lon qildi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting