locale OZ

Krishtianu Ronaldu: «Muhim g‘alaba»

Portugaliyalik futbolchi «Neftchi»ga qarshi o‘yindagi g‘alabaga munosabat bildirdi
Krishtianu Ronaldu: «Muhim g‘alaba»
photo: gettyimages
Osiyo Chempionlar Ligasi
12.10.2026, Yak.
Al Nassr
3
Neftchi Fargona
1

«An-Nasr» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu OFK Chempionlar ligasi G‘arbiy mintaqasi 2-turidan o‘rin olgan «Neftchi»ga qarshi uchrashuvdagi g‘alabadan so‘ng o‘z sahifasida post qoldirdi. Saudiya Arabistoni klubi o‘z maydonida kechgan bahsda O‘zbekiston vakilini 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

«Bugungi muhim g‘alaba. Rivojlanishda davom etamiz», — deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik futbolchi uchrashuvning birinchi bo‘limida gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu uning professional faoliyatidagi 981-goli bo‘ldi.

OFK Chempionlar ligasining keyingi turida Riyod jamoasi BAAning «Al-Vasl» klubiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 26 oktyabr kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.

Qayd etish joiz, «Al-Nasr» birinchi turda BAAning yana bir vakili — «Al-Ayn»ga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.

OFK Elit Chempionlar ligasi. G‘arbiy mintaqa. 2-tur
«An-Nasr» (Saudiya Arabistoni) — «Neftchi» (O‘zbekiston) — 3:1
Gollar:
Anjelo, 33 (1:0), Ronaldu, 42 (2:0), Odilov, 51 (2:1), G‘ofurov, 78 (3:1).
Chetlatish: Alibayev, 65 («Neftchi»).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting