«An Nasr» — «Neftchi» bahsiga hakamlar tayinlandi
«An Nasr» — «Neftchi» o‘yini 12 oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:15 da boshlanadi.
Фото: Getty Images
Osiyo Chempionlar Ligasi
12.10.2026, 14.15
Al Nassr
-
Neftchi Fargona
-
«Neftchi» 12 oktabr kuni OFK Elit Chempionlar Ligasi musobaqasining 2-turi doirasida Saudiya Arabistonining «An Nasr» klubiga qarshi maydonga tushadi.
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) mazkur bahs uchun hakamlar va boshqa rasmiylarni tayinladi.
Bellashuvning bosh hakami xitoylik Ma Ning bo‘ladi. Unga hamyurtlari Chjou Fey va Luo Chjen yordam beradi. To‘rtinchi hakam vazifasini Chjan Ley bajaradi.
VAR hakami etib Fu Min, uning yordamchisi sifatida Du Syanxin tayinlangan.
Bahs komissari livanlik Bassem Ez Zuha’iri, hakamlar inspektori esa iordaniyalik Ismoil Adnan Ismoil Alxof bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, «An Nasr» — «Neftchi» o‘yini 12 oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:15 da boshlanadi.