locale OZ

Saudiya Proligasi. «An Nasr» «Al Hazm»ni minimal hisobda mag‘lub etdi

Samyu Koshtaning yagona goli «An Nasr»ga uch ochko keltirdi. Krishtianu Ronaldu maydonda to‘liq harakat qildi.
Futbol
Saudiya Proligasi. «An Nasr» «Al Hazm»ni minimal hisobda mag‘lub etdi
photo: gettyimages
Saudiya Arabistoni Pro-ligasi
28.11.2026, Yak.
Al Hazem
0
Al Nassr
1

Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 13-turida «Al Hazm» o‘z maydonida «An Nasr»ni qabul qilib, 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Bellashuvdagi yagona gol 26-daqiqada Samyu Koshta tomonidan urildi. «An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu bahsni to‘liq o‘tkazdi.

Ushbu natijadan so‘ng «An Nasr» 31 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. «Al Hazm» esa 10 ochko bilan 15-pog‘onada qoldi.

Saudiya Proligasi. 13-tur
Al Hazm — An Nasr 0:1
Gol:
Samyu Koshta 26.

Al Hazm: Shtanek, Tanker, Al-Daxil, Saud Al-Rashed, Al-Shankiti (Sayyud, 68), Al-Naxli, Bax, Mugisha (Al-Shamrani, 79), Muhammad Al-Hamdani (Al-Dvehe, 79), Akolatse (Diakite, 68), Pyulyulyu.
An Nasr: Bento, Bushal, Al-Amri, Inigo Martines, Aman Avad, Samyu Koshta, Al-Gamdi (Al-Hamdan, 66), Gabriyel Anjelo (Al-Xaybari, 83), Mane (Yahya, 89), Feliks (Garib, 89), Ronaldu.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting