Ronaldinyo 15-noyabr kuni katta futbolga qaytadi
Mashhur braziliyalik futbolchi Ronaldinyo 15-noyabr kuni yana maydonga qaytadi. Buni uning hozirgi klubi bo‘lgan Italiyaning «Ravenna» jamoasi rasman ma’lum qildi.
Klub xabariga ko‘ra, Ronaldinyo «Bruno Benelli» stadionida «Forli»ga qarshi derbida «Ravenna» libosida harakat qiladi. Chempionat doirasidagi uchrashuv soat 17:30 da boshlanadi.
«Qaytish haqiqatga aylandi: Ronaldinyoning sehri «Bruno Benelli» stadioniga yetib kelmoqda. Braziliya afsonasi «Forli»ga qarshi derbida «Ravenna» libosini kiyib, rasmiy chempionat o‘yinida maydonga tushadi. Bu o‘yin butun dunyo e’tiborini tortmoqda», — deya klub bayonotidan iqtibos keltiradi derbyderbyderby.it nashri.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldinyo faoliyati davomida «Barselona», «Milan» va «PSJ» kabi bir qator Yevropaning yetakchi klublarida to‘p tepgan.