locale OZ

Osiyo kubogi kechiktirildi

Turnir mezbonligi Saudiya Arabistonida qoladi.
Futbol
Photo: Getty Images

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi rejalashtirilgan 2027-yilgi Osiyo kubogi muddati o‘zgartirilgani haqida e’lon qildi.

Unga ko‘ra, turnir 2027-yil 23-dekabrda boshlanadi, final esa 2028-yil 21-yanvarga belgilangan. Bungacha turnir 2027-yil 7-yanvardan 5-fevralgacha o‘tkazilishi rejalashtirilgandi.

Shu tariqa, qit’a chempionati boshlanishi 350 kunga, ya’ni qariyb bir yilga kechiktirilmoqda.

Bu qaror OFK, tashkiliy qo‘mita va Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi ishtirokidagi keng qamrovli muhokamalardan so‘ng qabul qilingan.

Turnir boshlanish sanasi o‘zgarishiga Yaqin Sharqdagi keskin harbiy-siyosiy vaziyat sabab bo‘ldi. So‘nggi oylarda Yamandagi husiychilar Saudiya Arabistoni hududiga raketalar va dronlar bilan zarbalar berib kelmoqda. Bu esa xavfsizlik bilan bog‘liq jiddiy xavotirlarni keltirib chiqargandi.

Ma’lumot uchun, Osiyo kubogiga yo‘llanma olgan 24 ta milliy jamoa orasida O‘zbekiston ham bor. Fabio Kannavaro shogirdlari guruh bosqichida Iordaniya, KXDR va Bahraynga qarshi o‘ynaydi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting