locale OZ

«Lion» kelasi mavsumda yevrokuboklardan chetlatilishi mumkin

Uning o‘rnini «Marsel» yoki «Renn» egallashi kutilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Lion» kelasi mavsumda yevrokuboklardan chetlatilishi mumkin
FOTO: Getty Images

Fransiyaning «Lion» klubi kelgusi mavsumda UEFA tomonidan jiddiy sanksiyalarga duch kelishi mumkin. The Telegraph nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, tashkilot klubni o‘tgan yozda imzolangan moliyaviy «feyr-pley» bo‘yicha kelishuv shartlarini bajarmagan deb hisoblamoqda.

Moliyaviy majburiyatlarning buzilishi jamoaning sport natijalaridan qat’i nazar, xalqaro turnirlardagi ishtirokini xavf ostiga qo‘yadi. Agarda diskvalifikatsiya kuchga kirsa, yevrokuboklardagi bo‘sh qolgan o‘rin Fransiyaning boshqa bir klubiga nasib etadi.

Hozirda ushbu yo‘llanmaga asosiy nomzodlar sifatida «Marsel» va «Renn» jamoalari ko‘rilmoqda. Mazkur klublar qit’a maydonlarida Fransiyaning sharafini «Lion» o‘rniga himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin.

Ma’lumot uchun, Liga 1’ning 33 turidan so‘ng «Lion» 60 ochko bilan turnir jadvalida to‘rtinchi pog‘onani egallab turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting