locale OZ

La Liga. «Barselona» «Real Sosedad»ni mag‘lub etib, 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi

Lamin Yamal safga qaytdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liga. «Barselona» «Real Sosedad»ni mag‘lub etib, 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi
ФОТО: Getty images

Ispaniya Primerasining 7-turidan o‘rin olgan “Barselona” — “Real Sosedad” uchrashuvi nihoyasiga yetdi. Ushbu bahsda kataloniyaliklar 2:1 hisobida zafar quchdi. O‘yin Barselonadagi “Olimpik Lyuís Kompanis” stadionida bo‘lib o‘tdi.

31-daqiqada esa Alvaro Odriosola hisobni ochib, basklar jamoasini oldinga olib chiqdi.

Jül Kunde 43-daqiqada javob golini urdi. U burchakdan uzatilgan to‘pni boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Lamin Yamal maydonga tushgach, "ko‘k-anorranglilar"ning hujumlari yanada keskin tus ola boshladi. Aynan uning uzatmasidan so‘ng 59-daqiqada Robert Levandovski "Barça"ni oldinga olib chiqdi.

Ispaniya — Primera. 7-tur
28 sentabr, yakshanba. 21:30 MSK
“Barselona” - “Real Sosedad” - 2:1
Gollar: 0:1 - Odriosola – 31'; 1:1 - Kunde – 43'; 2:1 - Levandovski – 59'

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting