locale OZ

Kvaratsxeliya «Oltin to‘p» taqdirlash marosimiga bormaydi

Gruziyalik futbolchining tadbirda qatnashishiga jiddiy jarohati to‘sqinlik qilmoqda.
Futbol
Kvaratsxeliya «Oltin to‘p» taqdirlash marosimiga bormaydi
photo: gettyimages

Kvaratsxeliya «Oltin to‘p» taqdirlash marosimiga bormaydi

Gruziyalik futbolchining tadbirda qatnashishiga jiddiy jarohati to‘sqinlik qilmoqda.

«PSJ» vingeri Xvicha Kvaratsxeliya 26 oktyabrdan 27 oktyabrga o‘tar kechasi Londonda bo‘lib o‘tadigan «Oltin to‘p» taqdirlash marosimiga bora olmaydi. Bu haqda L'Équipe xabar berdi.

Qayd etilishicha, gruziyalik futbolchining tadbirda qatnashishiga jiddiy jarohati to‘sqinlik qilmoqda. Kvaratsxeliya «Barselona»ga qarshi Chempionlar Ligasi o‘yinida (4:2) o‘ng tizzasidagi old xochsimon bog‘lamdan jarohat olgan.

25 yoshli vinger hafta boshida Qatar poytaxti Doha shahrida operatsiya qilinadi. Shu sababli u marosimda ishtirok eta olmaydi.

«PSJ»ning yana bir vingeri Usmon Dembele esa Londonga boradi. Amaldagi «Oltin to‘p» sohibi marosimga taxminan 15 nafar yaqini bilan tashrif buyurishi kutilmoqda.

Parijliklar sardori Markinios ham Buyuk Britaniyaga yo‘l olmaydi. «Barselona»ga qarshi bahsda son qismidan jarohat olgan himoyachi bugun, 26 oktyabr kuni kechqurun «PSJ» — «Lion» uchrashuvini stadiondan tomosha qiladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting