\"Bunyodkor\" sardori nega \"Buxoro\" bilan o‘yin qaydnomasi kiritilmadi?
Bugun, 4-aprel kuni O‘zbekiston Superligasining 4-turidan o‘rin olgan "Buxoro" - "Bunyodkor" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
"Bunyodkor" stadionida o‘tgan bahsda "qaldirg‘ochlar" 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Jamoa sardori Temurxo‘ja Abduxoliqov hamda legioner himoyachi Itsuki Urata o‘yin qaydnomasi kiritilmadi.
Sports24.uz ma'lumotiga ko‘ra, Abduxoliqov mashg‘ulot paytida tizzasidan jarohat olgan va ayni paytda davolanmoqda. Urata esa dastlabki o‘yinlarda og‘riq bilan o‘ynagan va oqibatda jarohat jiddiylashib ketgan.
Eslatib o‘tamiz, Abduxoliqov bu mavsum 2 ta o‘yinda maydonga tushdi, Urata esa 3 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishdi.
- Ham o‘qing: Luis Kachorri: “Gol – jamoaviy mehnat samarasi”