locale OZ

Superliga. “Bunyodkor” “Buxoro”ni ishonchli hisobda mag'lub etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. “Bunyodkor” “Buxoro”ni ishonchli hisobda mag'lub etdi
FOTO: championat.asia
O‘zbekiston Superligasi
04.04.2025, Yak.
Buxoro
0
Bunyodkor
2

O'zbekiston Superligasi 4-turidan o'rin olgan bahsda “Buxoro” va “Bunyodkor” o'zaro to'qnash keldi va yakunda “qaldirg'ochlar” ishonchli hisobda g'alaba qozondi.

Birinchi bo'lim ancha sokin o'tdi. Biroq ikkinchi bo'limda tomonlar nisbatan faolroq harakat qildi.

78-daqiqa o'tib borayotgan bir paytda “Bunyodkor” chap qanotdan hujum uyushtirdi. Jarima maydonchasiga yetkazib berilgan to'pni “Buxoro” himoyachisi Frane Ikich kutilmaganda o'z darvozasiga joylab qo'ydi (0:1).

Ushbu goldan so'ng “Bunyodkor” xotirjamlikka berilmadi va buning natijasida jamoa 87-daqiqada Boburbek Yo'ldoshevning goli evaziga hisobdagi ustunlikni mustahkamladi.

Shu tariqa, “qaldirg'ochlar” mavsumdagi uchinchi g'alabasini qo'lga kiritib, turnir jadvalida vaqtincha karvonboshilikni o'z qo'liga oldi.

O'zbekiston Superligasi | 4-tur

“Buxoro” 0:2 “Bunyodkor”

Gollar: Frane Ikich 78' avtogol (0:1), Boburbek Yo'ldoshev 87' (0:2).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting