locale OZ

Ander Errera Messi, Neymar va Mbappe bilan bog‘liq muammoni ochiqladi

Ispaniyalik futbolchining fikricha, Parij klubida bir vaqtning o‘zida bir nechta yetakchi yulduzning to‘planishi jamoa ichidagi muvozanatni saqlashni qiyinlashtirgan.
Futbol
Ander Errera Messi, Neymar va Mbappe bilan bog‘liq muammoni ochiqladi
Foto: Getty Images

PSJning sobiq yarim himoyachisi Ander Errera Lionel Messi, Neymar va Kilian Mbappe bir jamoada o‘ynagan davrdagi muammolar haqida gapirdi. Ispaniyalik futbolchining fikricha, Parij klubida bir vaqtning o‘zida bir nechta yetakchi yulduzning to‘planishi jamoa ichidagi muvozanatni saqlashni qiyinlashtirgan. Bu haqda Championat nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Errera “El Camino de Mario” podkastida PSJdagi faoliyatini eslab, kuchli tarkibning o‘zi muvaffaqiyat uchun yetarli emasligini ta’kidlagan. Uning fikricha, jamoada mas’uliyat va yetakchilik vazifalari aniq taqsimlanishi kerak.

Sobiq yarim himoyachi tarkibda Messi, Neymar, Mbappe va Serxio Ramos kabi yulduzlar birga to‘p surgani murabbiylar uchun murakkab vaziyat yaratganini aytgan. Erreraning fikricha, bir jamoada bir vaqtning o‘zida bir nechta futbolchiga alohida imtiyoz berilishi ichki muvozanatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Lionel Messi 2021–2023-yillarda PSJ sharafini himoya qilgan. U bu davrda Neymar va Mbappe bilan birga hujum chizig‘ida to‘p surgan. Parij klubi Fransiya chempionatida muvaffaqiyatlarga erishgan bo‘lsa-da, mazkur yulduzli tarkib bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqa olmagan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting