locale OZ

Ronalduning “Barselona”dan ketishi ortidagi kutilmagan tafsilotlarni oshkor qilindi

Uning aytishicha, kataloniyaliklar futbolchi uchun belgilangan narxni boshqa klublar to‘lay olmaydi, deb hisoblagan.
Futbol
Ronalduning “Barselona”dan ketishi ortidagi kutilmagan tafsilotlarni oshkor qilindi
Foto: Getty Images

“Inter”ning sobiq prezidenti Massimo Moratti braziliyalik afsona Ronalduning “Barselona”dan Italiya klubiga o‘tishi qanday amalga oshganini eslab, transfer bilan bog‘liq qiziqarli tafsilotlarni oshkor qildi. Uning aytishicha, kataloniyaliklar futbolchi uchun belgilangan narxni boshqa klublar to‘lay olmaydi, deb hisoblagan. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “Barselona” rahbariyati Ronalduning transfer qiymatini juda yuqori deb o‘ylagan. Ammo Moratti bu summani maqbul deb hisoblab, futbolchini sotib olishga qaror qilgan. Muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanganidan so‘ng esa kataloniyaliklar o‘z qaroridan afsuslangan.

Morattining ta’kidlashicha, Ronalduning o‘zi ham Italiyada faoliyatini davom ettirishni istagan. Bu esa transferning amalga oshishida muhim rol o‘ynagan. Sobiq prezident, shuningdek, Lionel Messini ham “Inter”ga olib kelishni orzu qilganini, biroq uning “Barselona” bilan yaqin munosabatlarini hurmat qilganini aytgan.

Ma’lumot uchun, Ronaldu 1997-yilda “Barselona”dan “Inter”ga transfer qilingan. Braziliyalik hujumchi Italiya jamoasida 2002-yilgacha to‘p surgan. U 1997-yilda faoliyatidagi ilk “Oltin to‘p” mukofotini qo‘lga kiritgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting