Tyerri Anri Lamin Yamal bilan bog‘liq hazili uchun tushuntirish berdi
Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Tyerri Anri “Oltin to‘p” marosimida Lamin Yamalga aytgan hazili atrofida yuzaga kelgan bahslarga munosabat bildirdi. Afsonaviy futbolchi yosh ispaniyalikni kamsitish niyati bo‘lmaganini ta’kidladi. Bu haqda Foot Mercato nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Yamal ketma-ket uchinchi bor Kopa sovrinini qo‘lga kiritganidan so‘ng Anri undan aynan shu mukofotni yutishni xohlaganmi, deb hazillashgan. Bu savol asosiy “Oltin to‘p” sovriniga ishora sifatida qabul qilingan. Yamal esa kulib, barcha mukofotlarni qo‘lga kiritishni istashini aytgan.
Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda turlicha baholangan. Ayrim foydalanuvchilar Anrining so‘zlarini yosh futbolchiga nisbatan tanqid deb qabul qilgan. Biroq fransiyalik sobiq hujumchi bunday fikrlarni rad etib, Yamalning o‘yinini juda qadrlashini va uning katta muxlisi ekanini bildirgan.
Ma’lumot uchun, Lamin Yamal 2026-yilgi “Oltin to‘p” uchun ovoz berishda uchinchi o‘rinni egallagan. Asosiy mukofot Harri Keynga, ikkinchi o‘rin esa Kilian Mbappega nasib etgan. Yamal esa yosh futbolchilar uchun mo‘ljallangan Kopa sovrinini yana bir bor qo‘lga kiritgan.