locale OZ

Amanda Nunes va Kayla Harrison jangiga zaxira sportchi tayinlandi

Eng yengil vazn toifasida ishtirok etuvchi Joselin Edvards mazkur to‘qnashuvda jangchilardan biri safdan chiqsa, uning o‘rnini egallashga tayyor turadi.
Boshqa sport turlari
Amanda Nunes va Kayla Harrison jangiga zaxira sportchi tayinlandi
Foto: Getty Images

UFCning ikki yulduzi Amanda Nunes va Kayla Harrison o‘rtasidagi chempionlik jangi uchun zaxira sportchi aniqlandi. Eng yengil vazn toifasida ishtirok etuvchi Joselin Edvards mazkur to‘qnashuvda jangchilardan biri safdan chiqsa, uning o‘rnini egallashga tayyor turadi. Bu haqda MMA Fighting nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Edvards UFC 334 turniri oldidan rasmiy vazn o‘lchash marosimida ishtirok etishi kutilmoqda. Nunes va Harrison o‘rtasidagi bahs dastlab yanvar oyiga rejalashtirilgan, biroq Harrison bo‘yin qismidan operatsiya qilingani sabab ortga surilgan.

Sobiq ikki vazn toifasi chempioni Amanda Nunes esa boshqa raqibga qarshi jang qilish o‘rniga Harrisonning tiklanishini kutishga qaror qilgan. Edvardsning zaxira sifatida tanlanishi uning so‘nggi janglardagi muvaffaqiyatlari bilan bog‘liq.

Ma’lumot uchun, Joselin Edvards UFCda ketma-ket beshta g‘alabaga erishgan. Ushbu janglarning to‘rttasini muddatidan oldin yakunlagan. UFC 334 turniri noyabr oyida Nyu-Yorkdagi “Madison Square Garden” arenasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting