Kukurelyaning rafiqasi Ispaniyadagi temiryo‘l halokatidan qanday omon qolganini aytdi
Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Mark Kukurelyaning rafiqasi Klaudiya Rodriges mamlakatda yuz bergan yirik temiryo‘l halokatidan keyin o‘zining ham shu yo‘nalishda safar qilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u halokatga uchragan poyezddan keyin harakatlangan boshqa poyezdda bo‘lgan. Bu haqda Championat nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Rodriges Madrid shahridan Malagaga yo‘l olgan. Biroq oldinda sodir bo‘lgan fojiadan so‘ng uning poyezdi harakatni davom ettira olmagan. Ayol ijtimoiy tarmoqlarda voqeadan qattiq larzaga tushganini bildirib, jabrlanganlarning yaqinlariga hamdardlik izhor etgan.
Rodriges o‘zi va boshqa yo‘lovchilar xavfsiz ekanini ham ma’lum qilgan. Uning tushuntirishicha, ular ketayotgan poyezd bilan halokat sodir bo‘lgan joy o‘rtasida yetarlicha masofa bo‘lgan. Shu sabab poyezd zarar ko‘rmagan va yo‘lovchilar ortga, Madridga qaytishga majbur bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, 28-oktabr kuni Ispaniyaning Toledo provinsiyasida ikkita yuqori tezlikdagi poyezd to‘qnashgan. Hodisa ko‘plab insonlarning halok bo‘lishi va jarohatlanishiga sabab bo‘lgan. Fojiadan keyin mamlakat futbol jamoalari va sportchilari ham jabrlanganlarga hamdardlik bildirgan.