locale OZ

“Barselona” Fermin Lopes bilan 100 million yevro evaziga xayrlashishi mumkin

Kataloniya klubi uni taxminan 100 million yevroga sotishga rozi bo‘lishi mumkin.
Futbol
“Barselona” Fermin Lopes bilan 100 million yevro evaziga xayrlashishi mumkin
Foto: Getty Images

“Barselona” moliyaviy vaziyat sabab yarim himoyachi Fermin Lopes bo‘yicha yirik transfer takliflarini ko‘rib chiqishi mumkin. Ispaniyalik futbolchiga “Chelsi” va PSJ qiziqish bildirmoqda. Kataloniya klubi uni taxminan 100 million yevroga sotishga rozi bo‘lishi mumkin. Bu haqda CaughtOffside nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “Barselona” rahbariyati hozircha Lopes bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti. Biroq klubning moliyaviy ehtiyojlari sabab katta taklif kelib tushsa, vaziyat o‘zgarishi mumkin. Ayniqsa, PSJ futbolchini qo‘lga kiritish uchun rasmiy taklif tayyorlayotgani aytilmoqda.

“Chelsi” ham ispaniyalik yarim himoyachiga qiziqishini saqlab qolgan. London klubi 2025-yil yozida Lopesni o‘z safiga qo‘shmoqchi bo‘lgan, biroq futbolchi “Barselona”da qolishni afzal ko‘rgan. Hozircha tomonlar o‘rtasida rasmiy kelishuvga erishilgani haqida ma’lumot yo‘q.

Ma’lumot uchun, 23 yoshli Fermin Lopes “Barselona”ning asosiy jamoasida 2023-yildan buyon to‘p surmoqda. U shu vaqtgacha 148 ta uchrashuvda 37 ta gol va 32 ta golli uzatmani qayd etgan. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2031-yilgacha mo‘ljallangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting