locale OZ

Asror Aliqulov: \"Muammolar asosan chim bilan\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Asror Aliqulov: "Muammolar asosan chim bilan"
PHOTO: Telegram
O‘zbekiston Superligasi
13.06.2025, Yak.
Qo'qon-1912
0
Mashal
4

Superliganing 12-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Mash'al" (0:4) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov uchrashuv haqida fikr bildirdi.

- "Qo‘qon-1912" o‘z maydonida tajovuzkor o‘yin ko‘rsatadi, oxirigacha o‘ynaydi, qarshi hujumda ko‘proq harakat qiladi. O‘yinda tezkor gol urdik, biroq shundan keyin ozgina sustlashdik. Oddiy holatlarda to‘p yo‘qotdik. O‘yinga tayyorgarlik mobaynida futbolchilarga to‘pni yo‘qotishimiz "Qo‘qon-1912"ning tezkor hujumlariga sabab bo‘lishini aytgandik. Baribir futbolchilar hayajonlanishdi. Ikkinchi bo‘limda ikkinchi golni urib olganimizdan keyin futbolchilardagi bosim yo‘qoldi. Keyin yirik hisobda g‘alaba qozondik. Uzoqdan kelgan muxlislar oldida bu g‘alabani nishonladik. Bu g‘alaba uchun futbolchilarimga minnatdorlik bildiraman.

"Mash'al" qachon o‘z stadioniga qaytadi? Eshitishimcha hali stadionda hech qanday ishlar olib borilmayapti.

- Ish olib borilmayapti desak noto‘g‘ri bo‘ladi, ishlar qilinmoqda. Muammolar asosan chim bilan. Yoritkichlar o‘rnatilgan. Chim, VAR va sug‘orish tizimi bo‘yicha ishlar ketmoqda. Biz mehmonda o‘ynashga majburmiz, shu sababli jamoani shunday tayyorlayapmiz. Futbolchilarga katta bosim bermasdan yengilroq o‘yin ko‘rsatishiga, jamoaviylikka e'tibor beryapmiz.

Humoyun Murtazoev ikkinchi yoshligini o‘tkazyapti desak bo‘ladimi? O‘zbek futbolida ayni damda hujumchilar defisit bo‘lib turganida "Mash'al" top-hujumchiga ega, u bir vaziyatdan bitta gol ura oladi.

- U juda ko‘p mehnat qiladi, buning barchasi mashg‘ulotlar evaziga. O‘tgan yilgiga qaraganda u ancha yengil o‘ynamoqda, joyidan tez qo‘zg‘almoqda, yaxshi kurashyapti, faollik oshgan.

- Sardor Abduraimov bugun zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. Uning asosiy tarkibda o‘ynashi uchun nima halaqit qilyapti?

- Bu "Qo‘qon-1912" jamoasining o‘yini bilan bog‘liq. Bizga birinchi bo‘limda kurashuvchan futbolchi kerak edi, shu sababli Sardorni ikkinchi bo‘limga olib qo‘ydik. U yaxshi fikrlaydi, to‘p bilan yaxshi harakat qiladi, lekin himoyada muammolari bor. Uni zaxirada olib qolib, ikkinchi bo‘limda tushirganimiz o‘zini oqladi, u ikkinchi bo‘limda hujumlarga yaxshi qo‘shildi deb o‘ylayman.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting