locale OZ

Bahrom Haydarov: \"Afsuski bugun bizning kun emas ekan\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bahrom Haydarov: "Afsuski bugun bizning kun emas ekan"
PHOTO: Telegram
O‘zbekiston Superligasi
13.06.2025, Yak.
Qo'qon-1912
0
Mashal
4

Superliganing 12-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Mash'al" (0:4) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov uchrashuv haqida fikr bildirdi.


"Bugungi natija uchun muxlislardan uzr so‘rayman. Ilk daqiqadagi gol uchrashuv taqdirini o‘zgartirib yubordi. Jamoam birinchi bo‘limda gol urish uchun ko‘plab vaziyatlarga ega bo‘ldi. Afsuski bugun bizning kun emas ekan. Ikkinchi bo‘limni ham hujumkor boshladik. Ammo ikkinchi gol barchasini o‘zgartirib yubordi. Yana bir bor bugungi uchrashudagi natija uchun jamoam va murabbiylar shtabi nomidan uzr so‘rayman", - dedi Bahrom Haydarov.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting