locale OZ

Kerrik Benyamin Sheshkoning holati haqida ma’lumot berdi

Sloveniyalik futbolchi sentyabr oyining o‘rtalaridan beri maydonga tushmayapti.
Futbol
Karrik Benyamin Sheshkoning holati haqida ma’lumot berdi
Фото: Getty Images

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik jamoa hujumchisi Benyamin Sheshkoning holati haqida gapirdi. Sloveniyalik futbolchi sentyabr oyining o‘rtalaridan beri maydonga tushmayapti.

«Afsuski, Sheshko safdan chiqdi. Hozircha uning qancha muddatga safga qayta olmasligini aniq bilmaymiz, ammo gap ancha uzoq davr haqida ketmoqda.

Bu — bosib o‘tilishi kerak bo‘lgan muayyan jarayon. Tiklanish jarayonida organizmning reaksiyasini kuzatib, keyingi qadamlarni belgilaymiz. Bu borada ish olib bormoqdamiz.

Benyaminning boshidan o‘tkazgan barcha qiyinchiliklarini hisobga olsak, uning ahvoli achinarli. Yana o‘ynay olmayotgani unga qattiq zarba bo‘ldi. Uning imkon qadar tezroq qaytishi uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz», — dedi Kerrik matbuot anjumanida.


31 oktabr kuni «Manchester Yunayted» Angliya Premyer-ligasi doirasida mehmonda «Chelsi»ga qarshi bahs olib boradi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting