Ferdinand Keynning «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritganiga munosabat bildirdi
Keyn faoliyatida ilk bor ushbu nufuzli mukofot sohibi bo‘ldi.
Futbol
Фото: Getty Images
«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand vatandoshi Garri Keynning «Oltin to‘p» mukofotiga sazovor bo‘lgani haqida fikr bildirdi.
«Keyn haqiqiy erkak. Biz uning ko‘plab gollari va rekordlariga guvoh bo‘lmoqdamiz. U katta yo‘lni bosib o‘tdi va endi erishgan yutuqlaridan bahramand bo‘lishi mumkin. Garri bu mukofotga munosib edi. Uni tabriklayman», — deb yozdi sobiq futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda.
«Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26-oktabr kuni Londonda bo‘lib o‘tdi. Keyn faoliyatida ilk bor ushbu nufuzli mukofot sohibi bo‘ldi.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra, ikkinchi o‘rinni «Real» hujumchisi Kilian Mbappe, uchinchi o‘rinni esa Kataloniyaning «Barselona» klubi vingеri Lamin Yamal egalladi.