locale OZ

«Chelsi» Ramon transferi uchun 50 million yevro sarflashi mumkin

Uning amaldagi shartnomasi 2030-yil iyun oyining oxiriga qadar tuzilgan.
Futbol
«Chelsi» Ramon transferi uchun 50 million yevro sarflashi mumkin
Фото: Getty Images

«Komo» klubining markaziy himoyachisi Xakobo Ramon Angliya Premer-ligasining top-klublaridan biriga o‘tishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

21 yoshli ispaniyalik futbolchini APLning bir nechta vakillari o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Ular orasida Londonning «Chelsi» klubi alohida ajralib turibdi.

Ramon transferi uchun «Chelsi» jiddiy mablag‘ sarflashiga to‘g‘ri keladi. Chunki italiyaliklar tomoni 50 million yevrodan kam taklifni qabul qilishi dargumon.

Xakobo o‘tgan yilning yozidan buyon «Komo» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2030-yil iyun oyining oxiriga qadar tuzilgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting