Baena kelajagi borasida bir qarorga keldi
Madridning «Atletiko» klubi qanot hujumchisi Aleks Baena yanvar oyida Londonning «Arsenal» jamoasiga o‘tmaydi. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «Atletiko» «Arsenal»ning jiddiy qiziqishiga qaramay, 25 yoshli ispaniyalik futbolchini qishki transfer oynasida qo‘yib yuborishni rejalashtirmayapti.
«Kanonirlar» uchun yagona imkoniyat — madridliklar rad eta olmaydigan darajadagi taklifni taqdim etish. Shu bilan birga, Angliya klubi Baenani kelasi yozda sotib olishga harakat qilishi ham mumkin.
Joriy mavsumda Baena barcha musobaqalarni hisobga olganda 13 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasiga beshta gol urgan va uchta golli uzatmani amalga oshirgan.
Transfermarkt portali mutaxassislari vingerning transfer qiymatini 45 million yevro deb baholamoqda.