locale OZ

Ronalduning het-triklari 67 taga yetdi

«An Nasr» navbatdagi bahsni 2 noyabr kuni Toshkentda «Paxtakor»ga qarshi o‘tkazadi.
Futbol
Ronalduning het-triklari 67 taga yetdi
Фото: Getty Images

«An Nasr» jamoasi hujumchisi Saudiya Arabistoni chempionatining 12-turidan o‘rin olgan «Al-Holud»ga (5:3) qarshi bahsda raqib darvozasiga uchta gol urdi. U 15 daqiqa ichida bunga erishdi.

Bu Ronalduning 2024 yil may oyidan buyon ilk het-trigi hisoblanadi. O‘shanda portugaliyalik 41 yoshli futbolchi «Al-Vahda»ga qarshi bahsda ham uchta gol urib, jamoasining 6:0 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shgandi.

Endi Krishtianuning hisobida klublar miqyosida 57 ta, Portugaliya milliy jamoasi safida esa 10 ta het-trik mavjud.

Ma’lumot uchun, «An Nasr» navbatdagi bahsni 2 noyabr kuni Toshkentda «Paxtakor»ga qarshi o‘tkazadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting