Grizmann MLS doirasida ketma-ket to‘rtinchi bahsda gol urdi
35 yoshli fransiyalik futbolchi ketma-ket to‘rtinchi o‘yinda gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Futbol
Фото: Getty Images
«Orlando Siti» hujumchisi Antuan Grizmann MLS doirasida «Nyu-York Siti»ga qarshi kechgan va 2:2 hisobida yakunlangan bahsda gol urdi.
35 yoshli fransiyalik futbolchi ketma-ket to‘rtinchi o‘yinda gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu davr mobaynida u 5 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Grizmanning gol yoki golli uzatma bilan yakunlangan seriyasi esa ketma-ket 11 ta bahsga yetdi. Bu vaqt oralig‘ida u 12 ta gol urib, 5 ta golli uzatma berdi.
Ma’lumot uchun, «Atletiko» va «Barselona»ning sobiq hujumchisi MLSning ushbu mavsumida 15 ta o‘yinda 13 ta gol va 6 ta golli uzatma qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, Grizmann 2026 yilda «Orlando Siti» safida to‘p tepmoqda.