locale OZ

Pioli «A» Seriyaga qaytishga tayyorligini bildirdi

Murabbiy hozirda ishsiz.
Futbol
Pioli «A» Seriyaga qaytishga tayyorligini bildirdi
Фото: Getty Images

«Fiorentina», «Inter», «Milan» va boshqa bir qator klublarda ishlagan sobiq bosh murabbiy Stefano Pioli Italiya chempionatiga qaytishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

«Xorijga ketish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqyapman, ammo Italiyada qolishni istardim. Bu yerda o‘zimning qanday murabbiy ekanimni yana bir bor isbotlamoqchiman. Xorijdan ko‘plab takliflar oldim, ammo Ispaniya, Angliya yoki Fransiyadan emas. Italiyadan ham bir nechta taklif bo‘ldi, lekin ular orasida jiddiylari yo‘q edi.

Murabbiy sifatida mendan hali voz kechishgani yo‘q. Ha, so‘nggi tajribam muvaffaqiyatsiz bo‘ldi, ammo o‘zimni ruhan yosh his qilyapman va hali ko‘p narsaga qodirman. Futbolning tabiati shunday: ijtimoiy tarmoqlar odamlarga hissiyotlarga asoslangan tamg‘alarni yopishtiradi. Ikkita g‘alaba qozonsangiz, endi sizdan voz kechishmaydi», — deya Piolining so‘zlarini Corriere dello Sport nashri keltirmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting