locale OZ

Almeyda: «Men sirkdagi masxaraboz emasman»

«Sevilya» bosh murabbiyi «Real»ga qarshi oʻyinda ishlagan hakamlarni keskin tanqid qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Almeyda: «Men sirkdagi masxaraboz emasman»
FOTO: Getty Images
Ispaniya La Ligasi
20.12.2025, Yak.
Real Madrid
2
Sevilya
0

«Sevilya» bosh murabbiyi Matias Almeyda Ispaniya La Ligasining 17-turi doirasida Madridning «Real» klubiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdagi (0:2) hakamlikni keskin tanqid qildi.

Bellashuvda bosh hakam vazifasini Alexandro Munyis Ruis bajardi. 68-daqiqada himoyachi Markan ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydondan chetlatildi, uchrashuv yakunida esa Almeydaning o‘zi hakam bilan bahslashgani uchun qizil kartochka oldi.

«Men sirkdagi masxaraboz emasman. Futbolda tajribam bor. Erkak sifatida ham tajribam bor. Qizil kartochka meni ranjitdi va bu haqda gapirishga majburman, aks holda hakamni haqorat qildi deyishadi.

Bugun hakam juda yomon ishladi. «Real»ni g‘alaba bilan tabriklayman, ular bundan foyda ko‘rdi demayman. Ammo bunday darajadagi yomon hakamlikka qarshiman. Aynan shu sababli maydondan chetlatildim.

Hakam menga ular bilan hurmatsiz gaplashishimdan charchaganini aytdi. Agar hurmatsizlik bo‘lsa — gaplashaylik. Agar qo‘pollik bo‘lsa — gaplashaylik. Menda qadriyatlar bor», — deya Almeydaning so‘zlarini ESPN keltiradi.

Ispaniya chempionatining 18 turidan so‘ng Madridning «Real» klubi 42 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. «Sevilya» esa 17 o‘yindan keyin 20 ochko bilan 10-pog‘onada joylashgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting