Shakur Stivenson va Raymond Muratalya jamoalari kelisha olmadi
Birinchi yarim o‘rta vazn toifasida WBO chempioni Shakur Stivenson va majburiy da’vogar Raymond Muratalya o‘rtasidagi jangni tashkil etish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Bu haqda WBO prezidenti Gustavo Olivyeri ma’lum qildi.
Tomonlarga 16-noyabrga qadar o‘zaro kelishuvga erishish uchun muhlat berilgan edi. Biroq belgilangan muddat ichida jang shartlari bo‘yicha yakuniy bitim imzolanmadi.
Shu sababli 30-noyabr kuni jangni tashkil etish huquqi uchun promouterlar o‘rtasida auksion o‘tkaziladi. Mazkur jarayon tashkilotning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali jonli efirga uzatiladi.
Ma’lumot uchun, yengil vazn toifasida sobiq IBF chempioni hisoblangan Muratalya yuqori divizionga ko‘tarilgach, Stivensonning kamariga majburiy da’vogar maqomini qo‘lga kiritgan edi.