locale OZ

Kaneloga yana bir vazn toifasida chempionlik uchun jang qilishga ruxsat berildi

Alvares yaqinda 13 oylik tanaffusdan so‘ng ringga qaytib, Kristian Mbilli ustidan g‘alaba qozongan hamda ikkinchi o‘rta vazn toifasida WBC kamarini qo‘lga kiritgan edi.
Boks
Kaneloga yana bir vazn toifasida chempionlik uchun jang qilishga ruxsat berildi
Foto: Getty Images

Professional boksning meksikalik yulduzi Saul “Kanelo” Alvares yarim og‘ir vazn toifasida WBC chempioni Villi Hatchinsonga qarshi ringga ko‘tarilishi mumkin. Bu haqda BoxingScene nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Butunjahon boks kengashi meksikalik sportchiga yuqori diviziondagi chempionlik kamari uchun jang qilishga ruxsat bergan. Hozircha tomonlar o‘rtasida yakuniy kelishuvga erishilmagan.

Alvares yaqinda 13 oylik tanaffusdan so‘ng ringga qaytib, Kristian Mbilli ustidan g‘alaba qozongan hamda ikkinchi o‘rta vazn toifasida WBC kamarini qo‘lga kiritgan edi.

Ma’lumot uchun, Hatchinson 7-noyabr kuni britaniyalik Joshua Buatsi bilan bo‘lib o‘tgan bahsda g‘alaba qozonib, vakant chempionlik kamariga ega chiqqandi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting