Jahon chempioni uchta kamaridan voz kechdi
32 yoshli bokschi endilikda faoliyatini yengil vaznda davom ettirib, ushbu divizionning mutlaq jahon chempioniga aylanishni maqsad qilgan.
Boks
Foto: Getty Images
Amerikalik professional bokschi Alisiya Baumgardner ikkinchi yarim yengil vazn toifasidagi WBA, WBO va IBF chempionlik kamarlarini vakant qoldirishga qaror qildi. Bu haqda sportchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
32 yoshli bokschi endilikda faoliyatini yengil vaznda davom ettirib, ushbu divizionning mutlaq jahon chempioniga aylanishni maqsad qilgan.
Baumgardner 8-noyabr kuni AQSHning Arlington shahrida turkiyalik Elif Nur Turhanni hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etib, yangi vazn toifasida IBF kamarini qo‘lga kiritgan edi.
Ma’lumot uchun, amerikalik sportchi professional faoliyati davomida 19 ta g‘alaba, jumladan, yettita nokaut qayd etgan va bir bor mag‘lubiyatga uchragan.