locale OZ

Entoni Joshua Tayson Fyurini nokautga uchratmoqchi

37 yoshli bokschi mazkur to‘qnashuv uchun tayyorgarlik dasturiga ayrim o‘zgartirishlar kiritgan.
Boks
Entoni Joshua Tayson Fyurini nokautga uchratmoqchi
Foto: Getty Images

Og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshua hamyurti Tayson Fyuriga qarshi bo‘lajak jang oldidan o‘z rejalari haqida gapirdi. Bu haqda Britaniyaning The Sun nashri xabar bermoqda.

37 yoshli bokschi mazkur to‘qnashuv uchun tayyorgarlik dasturiga ayrim o‘zgartirishlar kiritgan. Sportchi murabbiylari Ben Devison va Shon Merfi bilan birgalikda raqibini muddatidan avval mag‘lub etishga qaratilgan mashg‘ulotlarni olib bormoqda.

Shuningdek, Joshua jangning Nyu-Yorkda emas, Buyuk Britaniyada o‘tkazilishi uchun katta miqdordagi daromaddan voz kechgani aytilmoqda. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu qaror unga 10 million dollardan ortiq mablag‘ga tushgan.

Ma’lumot uchun, britaniyalik ikki yulduz o‘rtasidagi uzoq kutilgan to‘qnashuv 11-dekabr kuni Kardiff shahridagi “Principality” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting