locale OZ

Devin Xeyni va Liam Paro o‘rtasidagi chempionlik jangi bekor bo‘lishi mumkin

Avstraliyalik bokschi raqibining antidoping tekshiruvlarida ishtirok etish jarayoni kechikayotganidan norozilik bildirdi.
Boks
Devin Xeyni va Liam Paro o‘rtasidagi chempionlik jangi bekor bo‘lishi mumkin
Foto: Getty Images

Professional boksning yarim o‘rta vazn toifasida jahon chempionlari Devin Xeyni va Liam Paro o‘rtasida rejalashtirilgan birlashtiruvchi jang atrofida kelishmovchilik yuzaga keldi. Avstraliyalik bokschi raqibining antidoping tekshiruvlarida ishtirok etish jarayoni kechikayotganidan norozilik bildirdi. Bu haqda BoxingScene nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 19-dekabr kuni AQSHning San-Fransisko shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan jang oldidan Xeyni VADA antidoping dasturiga rasman ro‘yxatdan o‘tmagan. Paro ushbu holatdan xavotirda ekanini bildirib, tekshiruvlar o‘z vaqtida boshlanishini talab qilgan. Vaziyatdan xabardor manbalardan biri esa kelishmovchilik bartaraf etilmasa, jang o‘tkazilishi xavf ostida qolishini ta’kidlagan.

Shundan so‘ng Devin Xeyni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali antidoping dasturida ishtirok etishini ma’lum qildi. Amerikalik bokschining ta’kidlashicha, bu uning VADA nazorati ostida o‘tkazadigan ketma-ket 14-jangi bo‘ladi. Shuningdek, u faoliyati davomida 65 martadan ortiq doping tekshiruvidan muvaffaqiyatli o‘tganini bildirgan. Biroq nashr xabari e’lon qilingan paytda uning dasturda rasman ro‘yxatdan o‘tgani hali tasdiqlanmagan edi.

Ma’lumot uchun, Devin Xeyni WBO, Liam Paro esa IBF yo‘nalishida yarim o‘rta vazn toifasi chempioni hisoblanadi. Ikki bokschi o‘rtasidagi to‘qnashuvda mazkur tashkilotlarning chempionlik kamarlari birlashtirilishi ko‘zda tutilgan. Jangning bekor qilingani haqida hozircha rasmiy qaror e’lon qilinmagan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting