locale OZ

Bahodir Jalolov navbatdagi jangini Deontey Uaylderga qarshi o‘tkazishi mumkin

Jalolovning jismoniy ustunligi, texnik mahorati va xalqaro maydondagi tajribasi ushbu to‘qnashuvni tomoshabop qilishi mumkin.
Boks
Bahodir Jalolov navbatdagi jangini Deontey Uaylderga qarshi o‘tkazishi mumkin
Foto: Getty Images

Ikki karra Olimpiya chempioni, o‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov navbatdagi jangini sobiq WBC chempioni, amerikalik Deontey Uaylderga qarshi o‘tkazishi mumkin. Bu haqda BoxingNews24 nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Uaylder 11-dekabr kuni Uelsning Kardiff shahrida avstraliyalik Jey Opetayaga qarshi ringga ko‘tarilishi rejalashtirilgan edi. Biroq Opetaya qo‘lidan olgan jarohati sabab jangdan voz kechdi. Shundan so‘ng nashr tahlilchilari Bahodir Jalolovni amerikalik bokschiga munosib raqib sifatida taklif qilishdi.

Nashr mutaxassislarining fikricha, Jalolovning jismoniy ustunligi, texnik mahorati va xalqaro maydondagi tajribasi ushbu to‘qnashuvni tomoshabop qilishi mumkin. Ayniqsa, o‘zbekistonlik bokschining masofani yaxshi nazorat qilishi va Uaylderning kuchli o‘ng qo‘l zarbasi jangdagi asosiy qarama-qarshiliklardan biri bo‘lishi kutilmoqda. Biroq hozircha tomonlar o‘rtasida muzokaralar boshlangani yoki rasmiy kelishuvga erishilgani haqida ma’lumot yo‘q.

Ma’lumot uchun, 32 yoshli Bahodir Jalolov professional boksda 18 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Shulardan 15 tasini nokaut bilan yakunlagan. Hamyurtimiz so‘nggi jangini 17-oktabr kuni Londonda britaniyalik Solomon Dakresga qarshi o‘tkazib, hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozongan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting