locale OZ

Olimpiya shaharchasida Prezident Olimpiadasi musobaqalari qizg‘in davom etmoqda

Bahsli vaziyatlarda adolatli qarorlar qabul qilinishini ta’minlash yuzasidan mutasaddilar bilan fikr almashildi.
Maqolalar
Olimpiya shaharchasida Prezident Olimpiadasi musobaqalari qizg‘in davom etmoqda
Фото: Спорт вазирлиги

Olimpiya shaharchasida Prezident Olimpiadasi doirasida dzyudo, stol tennisi va voleybol sport turlari bo‘yicha bellashuvlar qizg‘in davom etmoqda.

Musobaqalar jarayoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo‘yicha vakili Odil Abdurahmonov yaqindan tanishdi.

Olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha musobaqalarni xalqaro talablar asosida, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga muvofiq tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, sportchilar natijalarini xolis baholash, hakamlik sifatini oshirish hamda bahsli vaziyatlarda adolatli qarorlar qabul qilinishini ta’minlash yuzasidan mutasaddilar bilan fikr almashildi.

Mas’ullarga musobaqalarni adolatli va shaffof tashkil etish, hakamlik jarayonlarini doimiy nazorat qilish, har bir sportchining natijasiga xolis baho berish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting