locale OZ

«Barselona» Natanni transfer maqsadi sifatida ko‘rmoqda

Futbolchining transfer qiymati 30 million yevro atrofida baholanmoqda.
Futbol
«Barselona» Natanni transfer maqsadi sifatida ko‘rmoqda
Фото: Getty Images

Ispaniya La Ligasi chempionatida Sevilyaning «Betis» klubi sharafini himoya qilayotgan markaziy himoyachi Natan yanvar oyidagi transferlar davrida «Barselona»ning asosiy nomzodlaridan biriga aylandi.

Jurnalist Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlariga ko‘ra, kataloniyaliklar braziliyalik futbolchining ehtimoliy transferi borasida muzokaralar olib borishgan. Boshqa nomzodlar bilan taqqoslaganda, Natan moliyaviy jihatdan ancha qulay variant hisoblanadi.

25 yoshli himoyachi 2025-yilning yozidan buyon sevilyaliklar safida to‘p surmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilning iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan. Futbolchining transfer qiymati 30 million yevro atrofida baholanmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting