«Chelsi» va «Fulhem» «Komo» himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
«Komo» klubining markaziy himoyachisi Xakobo Ramon Angliya Premer-ligasi vakillari e’tiboriga tushdi.
Tarqalgan mish-mishlarga ko‘ra, 21 yoshli futbolchini o‘z safiga qaytarishdan Madridning «Real» klubi ham manfaatdor. Ispaniyaning grand klubi o‘z tarbiyalanuvchisini 9 million yevro evaziga qayta sotib olish bo‘yicha ustuvor huquqqa ega.
Jurnalist Nikolo Skiraning ma’lumotlariga ko‘ra, bir qator Angliya klublari ham futbolchining atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda. Ular orasida «Chelsi» va «Fulhem» klublari ham bor.
Transfermarkt portali Xakobo Ramonning bozor qiymatini 45 million yevro deb baholamoqda. Joriy mavsumda yosh ispaniyalik futbolchi Sesk Fabregas boshqaruvidagi «Komo» safida 12 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifiga aylandi.